Raxmatova Nigora Boboyorovna

MA`LUMOTNOMA

Raxmatova Nigora Boboyorovna 2018-yil apreldan Toshkent Davlat Tibbiyot universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy-pedagogika, OMX, tibbiy-profilaktika,fakultetlari talabalariga tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliyot darslarini olib borgan. Faoliyati davomida, “Talabalar ilmiy jamiyati” va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning faol ishtirok etishida rahbarlik qilgan.

Nigora Raxmatova o‘qituvchilik faoliyati bilan birga, kafedrada belgilangan papkalarga javobgarlik masuliyatini olgan. Shu  o‘rinda, Raxmatova Nigora  o`quv uslubiy-majmua va kalendar plan tayyorlagan. 1- kurs barcha fakultet bakalavriyat bosqichi talabalariga amaliy mashg‘ulotlar uchun tarqatma materiallar test to`plamlarini tayyorlagan. British consuli hamkorligidagi proyektlarda ishtirok etib trening mashg`ulotlarini olib borgan.

Raxmatova Nigora tomonidan o‘nga tezislar,  xalqaro jurnallarda maqola,  6 ta respublika OAK maqolalar chop ettirgan va ochiq mashg`ulotlarda faol ishtirok etgan.