MA’LUMOTOMA
Xazratova Gulchexra Sharipovna 1997- 2015 yillar O‘zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti Til o‘rgatish markazi katta o‘qituvchisi. 2015 – 2023 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi tarmoq markazi katta o‘qituvchisi. 2023 – yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida pedagogik faoliyatini olib bormoqda.
Kafedrada va akademiya miqyosida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda faol ishtirok etadi. Tibbiyotda xorijiy til moduli bo‘yicha O‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr ettirgan. Xalqaro scopus jurnallarida va respublikamizning nufuzli impakt-faktori yuqori jurnallarda ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan. Xazratova Gulchexra Sharipovna xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda qator maqola va tezislari bilan ishtirok etib keladi.