Qatnashdilar: Kafedra o‘qituvchisi Nazarova O.Sh. hamda Pediatriya fakulteti 103-a guruh talabalari.
Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq Prezidentimiz yosh avlodni barkamol, dono, bilimli va o`z sohasining yetuk mutaxassisi bo`lishiga katta e`tibor va hissa qo`shib kelmoqdalar. Shu islohotlarni davom ettirgan holda
2025 yil 8-may kuni O`zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi lotin tili va tibbiy terminologiya fani o‘qituvchisi Nazarova O.Sh. hamda Pediatriya fakulteti 103-a guruh talabalari bilan birgalikda A.Navoiy nomidagi kinoteatrga tashrif buyurdik.
Kinoteatrda talabalar “O`zbek qizi” nomli kinofilmni tomosha qilishdi. Ushbu kinofilm Ulug` Vatan urushi yillarida ko`rsatilgan qahramonliklari haqida edi. Filmda Vatanimizning fidoyi qahramonlarining jasoratlari, mardligi, Vatan uchun jonini ham ayamaydigan va shahid ketgan o`g`il-qizlarimiz haqida edi. Ushbu film talabalarda katta taassurot qoldirdi.