Chet-ellik talabalar ijara xonadonlariga tashrif

Tashkilotchilar: katta o‘qituvchilar Shirinqulova Sh.M.,Saydullayeva M.A., Kaxorova M.A., Fayzullayev S.I.

    13.03.2025-yilda O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Shirinqulova Sh.M.,Saydullayeva M.A., Kaxorova M.A., Fayzullayev S.I.lar Xalqaro fakultetning 2-bosqich, XF-23-06 guruhi talabalari Ilma Malik, Sofia Naaz, Sajid Saniyalar yashaydigan Shayxontoxur tumani, Beltepa dahasi 37 uy  46- ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi va ushbu talabalar bilan “Ijara uyimiz- ikkinchi uyimiz”  mavzusida suhbat olib borishdi. U yerda talaba qizlarning yashash sharoitlari va dars tayyorlash uchun yaratilgan qulaylikari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, talaba qizlar bilan orastalikka rioya qilish, atrof – muhitga bo‘lgan munosabat, masalasi haqida samimiy suhbat olib borildi. Inson o‘z faoliyati bilan tanasi va atrof – muhitga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Hayotimiz uchun zarur bo‘lgan oziq – ovqat va shu kabilardan chiqindilar paydo bo‘ladi. Oshxona, yuvinish xonalar, yo‘laklarda chiqindilarni saqlamay  maxsus joylarga o‘z vaqtida olib borish kerakligi haqida talabalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida o‘qituvchilar chet-ellik talabalarni Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Axloq-odob kodeksi qoidalari bilan ham yaqindan tanishtirishdi: unda akademiya talabalarini kiynish odobiga rioya qilish, jamoat joylarida odob saqlash, akademiya moddiy boylik-baza va mebellariga zarar yetkazmaslik haqida alohida uqtirib o‘tildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.