Tashkilotchilar: kafedra mudiri, prof. Abdullayeva R.M., Haydarova Sh.R., Alibekova L.R., Nurmatova F.I., Kadirova L.U., Samambetova F.T., Kalbayev A.S, Karimbekov S.A.
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish, butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanmish kuni munosabati bilan kafedra a’zolari Olmazor tumani “Jiydali” mahallasiga tashrif buyurishdi. Albatta, bola bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga va yashashga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadilar.
1-iyun ya’ni, yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun o‘zgacha bir kun hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu mahalla faollari bilan hamkorlikda bolalar uchun kichik tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahalla raisi va kafedra professor-o`qituvchilari so`zga chiqib bolajionlarni bayram bilan tabriklashdi. Bolajonlar ham o`z navbatida, o`zlarining yod olgan Vatan, ona haqidagi she`rlari va chiroyli raqslari bilan faol ishtirok etdilar. Tadbir so`ngida kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan yig`ilgan sovg`a salomlar hamda shirinliklar bolajonlarga tarqatildi