A.Navoiy nomidagi kinoteatrga tashrif

Qatnashdilar: Kafedra o‘qituvchisi Nazarova O.Sh.  hamda Pediatriya fakulteti 103-a guruh talabalari.

Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq Prezidentimiz yosh avlodni barkamol, dono, bilimli va o`z sohasining yetuk mutaxassisi bo`lishiga katta e`tibor va hissa qo`shib kelmoqdalar. Shu islohotlarni davom ettirgan holda

2025 yil 8-may kuni  O`zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi lotin tili va tibbiy terminologiya fani  o‘qituvchisi  Nazarova O.Sh. hamda Pediatriya fakulteti 103-a  guruh talabalari bilan birgalikda A.Navoiy nomidagi kinoteatrga tashrif  buyurdik.

Kinoteatrda  talabalar “O`zbek qizi” nomli kinofilmni tomosha qilishdi. Ushbu kinofilm Ulug` Vatan urushi yillarida ko`rsatilgan qahramonliklari  haqida edi. Filmda Vatanimizning fidoyi qahramonlarining  jasoratlari, mardligi, Vatan uchun jonini ham ayamaydigan va shahid ketgan o`g`il-qizlarimiz  haqida edi.  Ushbu film talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.