Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari 10.02.2022,12.02.2022 va 14.02.202 kunlari barcha fakultetlar shu jumladan Tibbiy biologiya, Tibbiy pedagogika va Tibbiy profilaktika fakultetlarida “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodida ma’naviy merosni o‘rganish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi Tashxo’jayeva P.B. Zahiriddin Muhammad Boburning bir qancha g’azallaridan parchalar keltirib tadbirni ochib berdi. Tadbir davomida talabalar bilan birgalikda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va adabiy merosi haqida suhbat olib borildi. Shuningdek tadbirda talabalar hamda tadbir ishtirokchilari Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va adabiy merosiga bag’ishlangan video lavhani birgalikda ko’rdilar. Kafedra o’qituvchilari Saydullayeva M.A. va Kadirova L.U.lar so’zga chiqib Boburiylar tarixi va merosi haqida ma’lumot berib o’tdi. Butun dunyo tamaddunida Boburiylarning hukmronlik davri hamda bu sulolaning jahonda tutgan o’rni va adabiyotga qo’shgan hissasi haqida bir qator ma’umotlarni berar ekan, talabalarning nafaqat o’zbek tilida xorijiy tillarda ham buyuk bobokolonimiz Zahiriddin Muhammad Boburlarning ijodini o’rganishga qiziqishi ortib borganini ko’rish mumkin edi. Utambetova A. va Turaboyeva S. Zahiriddin Muhammad Boburning asarlaridan monologlar keltirib o’tishdi. Talabalarning o’zlari ham Zahiriddin Muhammad Boburning asarlaridan monologlar, g’azallaridan parchalar keltirib o’tishdi.