Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasining 6 oylik faoliyati yakunlari hamda istiqboldagi ustuvor vazifalari muhokama qilinmoqda.

16.06.2026-yil sanasida kafedramiz uchun navbatdagi attestatsiya bo’lib o’tdi. Yig‘ilish davomida kafedra tomonidan amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish Read More …

1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari Nurmatova F.I. va Xoliqulova N.T.lar universitetning bir guruh talabalari bilan birgalikdaIslom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi

1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari Nurmatova F.I. va Xoliqulova N.T.lar universitetning bir guruh talabalari bilan birgalikda sharqning boy ma’naviy va intellektual merosini aks ettiruvchi eng yirik ilmiy-ma’rifiy majmualardan biri bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

“Tibbiyot tillari: lotin, o‘zbek, rus va ingliz tillarining ta’lim amaliyotidagi integratsiyasi” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan “Tibbiyot tillari: lotin, o‘zbek, rus va ingliz tillarining ta’lim amaliyotidagi integratsiyasi” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz. Anjuman 2026-yil 20-may kuni soat 10:00 da Toshkent davlat tibbiyot universitetida о‘tkazildi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida malakaviy imtihonlar jarayoni

🔺 Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida malakaviy imtihonlar jarayoni davom etmoqda 😀Toshkent davlat tibbiyot universitetida izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar bo’lib o’tmoqda. Imtihon topshiruvchilar chet tili va mutaxassislik fanlari bo‘yicha belgilangan tartibda sinovdan o‘tmoqda. ✅Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Read More …