Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasida “Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati” mavzuida seminar o‘tkazildi. Tadbirga pedagogika fanlari nomzodi, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Xudayarova Gulshana Berdinazarovna tashrif buyurib, yangi Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlari, jamiyat va shaxs masalalari boʻyicha keng tushunchalar berib oʻtdi. Tadbir yakunida seminar ishtirokchilarining mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.