7.11.2024-y. Toshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida qoraqalpoq xalqining suyukli shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining 200 yilligi munosabati bilan “Men Ajiniyoz Kosiboy Uli tug‘ulib o‘sgan yurt farzandiman” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda kafedraning professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Uning millatdoshlari bo‘lgan o‘qituvchilar Kalbayev Amir Sapargaliy-uli va Samambetova Feruzalar tomonidan shoirning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tishdi, asarlaridan parchalar o‘qishdi.