“Tozalik sog’lik garovi”

“Tozalik sog’lik garovi”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchilari G.I Raximidinova va X.J. Bekchanova    28-noyabr kuni xorijiy guruh talabalari – Hindistonlik talabalar joylashgan yotoqxonaga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida o‘qituvchilar talabalar turar joy sharoitlari bilan tanishib, ularga “Tozalik sog’lik garovi” nomli suxbat o‘tkazildi.  Ushbu suxbat davomida ustozlar talabalarga xonalarni qanday ozoda tutish kerakligi haqida ma’lumotlar berdi. Bunga qo’shimcha qilib, oshxona xolati ham nazorat qilindi va bunda talaba qizlarga kamchiliklar tushuntirildi, tozalikka, gigeyna qoidalariga amal qilishning foydalari, qanchadan qancha kasalliklarni bartaraf qilinishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.   O‘qituvchilar tadbirni talabalar bilan iliq muhitda  suhbat bilan o’tkazishdi. Suxbat davomida talabalar bilan esdalik uchun suratga tushishdi. Talabalar tadbirdan mamnun bo‘lib, o‘qituvchilarni xush kayfiyatda kuzatib qo‘yishdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.