» TIL FAXR VA IFTIXORDIR » tadbiri

O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan Toshkent Davlat Tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasining ustoz va murabbiylari tomonidan 2025-yil 18 oktabrda TIL-FAXR VA IFTIXORDIR» nomli bayram tadbiri oʻtkazildi. Bu bayram tadbiriga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari Sharipov Zikiryo Maksumovich («Davlat tilining qabul qilinishi va ahamiyati»), Jiyanova Nazokat Eshquvatovna («Til-millat ko’zgusi»), Muminova Oydin Kurbanovna (Tilning jamiyatdagi o’rni), Qishloq hayoti ko’rsatuvi boshlovchisi, Shuhrat medali sohibasi Moxiniso Kamolova Xusanovnalar tashrif buyurishdi hamda mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor, professor Bobomuratov Turdiqul Akramovich ochib berdi va barchani universitet nomidan bayram bilan tabrikladi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar so’zga chiqishib bayram bilan hammani tabriklashdi va o’zbek tiliga atab yozilgan she’r va to’rtliklaridan parchalar keltirishdi.

                

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.