06.11.2025-yilda 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedra dotsenti Aslanov A.S., o‘qituvchilar Sag‘dullayev M.I. va Temirov J.E. Olmazor tumani, Jiydali MFYida joylashgan 12-uy, 63- xonadonda turuvchi Xalqaro fakultet 3-semestr talabalari Shahul Hameed hamda Thoufeek Muhammed ijara uylariga tashrif buyurib, talabalar bilan suhbat o‘tkazdilar. Tashrif davomida talabalarning ijara xonadoni, yashash tarzi, o‘qish jarayoni to‘g‘risida suhbat bo‘lib o‘tdi.

