10.11.2025-y. kuni 4-son talabalar turar joyida Xalqaro fakultetning iqtidorli talabalari ishtirokida “O‘zbek tili qalbim tarjimoni” mavzusida intellektual tadbir tashkil etildi. Dastlab, talabalarga tillarning ahamiyati, qadr qimmati haqida tushuncha berildi. Intelektual o‘yin tartib qoidalari tushuntirildi. Talabalar jamoa bo‘lib berilgan savollarga javob berishdi.
Qatnashdilar: kafedra mudiri R.M. Abdullayeva, katta o‘qituvchilar Fayzullayev S.I., Qaxorova M.A. o‘qituvchi Temirov J.E.


