TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI XALQARO FAKULTETI №1-SON O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASINING 1-KURS TALABALARI UCHUN O‘ZBEK TILI BO‘YICHA TO‘GARAK MASHG‘ULOTI O’TKAZILISHI

“O‘zbek tilida so‘zlashish ma’daniyati” nomli o‘zbek tili to‘garagi ishtirokchilari bilan navbatdagi to‘garak mashg‘uloti turli xil mavzularda o‘tkaziladi.

Mashg‘ulot davomida talabalar kundalik hayotda tez-tez ishlatiladigan o‘zbekcha iboralar bilan tanishdilar. Salomlashuv, xayrlashuv, tanishuv, minnatdorchilik bildirish va uzr so‘rashga oid iboralar misollar orqali tushuntirildi.

To‘garak rahbari Zoitova Sh.A. tarqatma materiallar va taqdimotdan foydalangan holda mavzuni izohladi. Talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi, dialoglar tuzildi va og‘zaki mashqlar bajarildi. Mashg‘ulot yakunida talabalar kundalik muloqotda qo‘llaniladigan iboralarni amaliy jihatdan mustahkamladilar.

       

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.