29.11.2025-yilda 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi G.Sh.Xazratova 103 A davolash-I SNG guruhi talabarlari bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘i “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzeyda Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan o‘zbekistonliklar haqidagi ma’lumotlar, o‘sha davrlar ruhini to‘liq his etishga imkon beruvchi eksponatlar o‘rin olgan. Muzeyda 20 mingga yaqin tarixiy ahamiyatga ega buyumlar mavjud bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi respublikaning turli hududlarida yashovchi aholi tomonidan taqdim etilgan. Buyumlarni qabul qilish jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda.

