Toshkent davlat tibbiyot universiteti “1-son o‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali “Ijtimoiy fanlar va xorijiy tillar” kafedrasi hamkorligida o‘tkazilgan ochiq integral mashg‘ulot

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektorining 2025-yil 21-oktabrdagi 1234-sonli universitet hamda filiallararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha buyrug‘ining ijrosini amalga oshirish maqsadida Toshkent tibbiyot universiteti “1-son o‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasidan Toshkent Davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali “Ijtimoiy fanlar va xorijiy tillar” kafedrasiga professor- o‘qituvchilar tashrif buyurdilar. Tashrif avvalida “1-son o‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri, professor R.M. Abdullayeva kafedrada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan ustozlarga o‘zlarining bir qator tavfsiyalarini berdilar, xususan ilmiy mavzu tanlashda ahamiyat berish kerak bo‘lgan jihatlar, maqola chiqarishda eng ko‘p uchraydigan xatoliklarga alohida to‘xtalib o‘tdi va tegishli savollarga javob berdi. Tashrif buyuruvchilar kafedrada tashkil etilgan dars jarayonlari, kafedra imkoniyatlari bilan tanishdilar.

                   

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.