17.11.2025-yilda O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda universitet talabalari ishtirokida 4-TTJda «Talabalar kuni» munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirda universitetining talabalari tomonidan o’zbek, rus va ingliz tilida she’riy va musiqiy chiqishlar, turli millat vakillari raqslari, namoyish etildi. Tadbir davomida universitet talabalari o’zlariga xos ijodkorlik mahoratlarini namoyish etishdi. Ko’tarinki ruhda tashkil etilgan bayram tadbiri talabalar uchun chinakam tuhfa bo’ldi.

