14.11.2025-yil kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti 1-sonli O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida bo‘lib o‘tgan “O’zbekistonda millatlararo birdamlik va totuvlik” nomli seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Xalqaro fakulteti 1-sonli O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi O‘qituvchilar M.A.Nortojiyev va X.Z.Maxramqulovalar ishtirok etishib, xorijlik talabalarimiz bilan birgalikda millatlararo birdamlik va totuvlik haqida suhbat qilishdi. Tadbir davomida talabalar bilan o`zaro suhbatda ularga millatlararo birdamlik va totuvlik haqida bir qancha tushunchalar berildi.

