Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg’usini mustahkamlash maqsadida 6.12.2025-y. kuni 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari universitet talabalari bilan birgalikda «Konstitutsiya baxtimiz qomusi» mavzuida tadbir tashkillashtirishdi.
Tadbir davomida talabalarga Konstitutsiya nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini belgilab beruvchi hujjat ekanligi, jamiyatimiz hayotining mezoni bo’lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o’rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo’llanmasiga aylantirishimiz darkorligi, o’z huquqlarimizni bilishimiz haqida aytib o’tildi. So’ngra ishtirokchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

