09.01.2026-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari A.K.Utambetova, G.I.Bobomurodova va Sh.O.Eshmurodova tomonidan ijarada yashayotgan Xorijiy talaba qizlar uylariga tashrif buyurildi. Tashrifning asosiy maqsadi : xorijiy talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatib, ularning yashash sharoitlari o‘rganish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va talabalarni rag‘batlantirish edi Suhbat davomida talabalar O‘zbekistonga bo‘lgan taassurotlari, ta’lim olishdagi yutuq va qiyinchiliklari haqida o‘z fikrlarini bildirib, talabalar madaniy muhitga moslashishdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.O‘qituvchilar tomonidan ingliz va o‘zbek tillarini o‘rganishdagi samarali uslublar bo‘yicha tavsiyalar berildi.

