Yurtimizning boy tarixiy merosi, milliy qadriyatlarimiz, shahrimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish maqsadida 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchilari Sh.S.Pulatova va M.A.Saydullayevalar universitetning 2-son davolash 109- va pediatriya yo’nalishi 103-guruh talaba-yoshlari bilan sayohat uyushtirishdi. Mazkur tashrif talabalarda yurtimiz tarixiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarning tarixiy tafakkurini kengaytirish, milliy o‘zlikni anglash hissini yanada mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

