Toshkent davlat tibbiyot universitetida malakaviy imtihonlar jarayoni

🔺 Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida malakaviy imtihonlar jarayoni davom etmoqda

😀Toshkent davlat tibbiyot universitetida izlanuvchilar uchun malakaviy imtihonlar bo’lib o’tmoqda. Imtihon topshiruvchilar chet tili va mutaxassislik fanlari bo‘yicha belgilangan tartibda sinovdan o‘tmoqda.

✅Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida tashkil etilib, izlanuvchilarning ilmiy tayyorgarligi, kasbiy salohiyati va mustaqil tadqiqot olib borish qobiliyatini baholashga qaratilgan.

🔵Universitet tomonidan imtihon jarayonlarini samarali tashkil etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, jarayonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida olib borilmoqda.

🔻Ayni paytda imtihon zallarida izlanuvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etmoqda. Ushbu jarayon ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda mamlakatimiz ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.