Sh.E. Abrayeva O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. 2018-yil 3-sentabrdan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasida pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedrada ilmiy ishlarga mas’ul. Lotin tili va tibbiy terminologiya fanidan 3 ta o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va monografiyalar nashr ettirgan. Xalqaro scopus jurnallarida va respublikaning nufuzli impakt-faktori yuqori jurnallarda ko‘plab ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Toshkent tibbiyot akademiyasidagi pedagogik faoliyati davomida doimo nostandart usullardan va innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib keladi. Abrayeva Sh.E. pedagog sifatida o‘ziga talabchan, u o‘z ustida doimiy izlanishda, hamkasblari, talabalar hurmatiga sazovor xodimdir.