UTAMBETOVA ARZAYIM KALMURZAEVNA
Utambetova Arzayim Kalmurzayevna 1991-yili 25-iyulda Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan. 2009-2013 yillarda O’zbekiston Davlat Jahon Tillari universitetini (bakalavr yo’nalishi) ingliz-tili filologiyasi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2013-2016 yillarda logistika kompaniyasida ish olib borgan. 2016 yil dekabr oyidan boshlab 2019 yilgacha Nukus shahridagi 25-maktabda ingliz-tili o’qituvchisi bo’lib ishlagan. 2019-2021 yillarda O’zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti (magistratura yo’nalishi)ingliz-tili lingvistikasi mutaxassisligini tamomlagan. 2019 yildan 2021 oktyabr oyigacha Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 186-maktabda ingliz-tili o’qituvchisi bo’lib ishlagan. 2021-yili 6-oktyabrdan boshlab Toshkent Tibbiyot Akademiyasi «O’zbek va xorijiy tillar» kafedrasida ingliz-tili o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda.