Inson aziz ekan, uning qadlr-qimmati ham ulug’dir. O’tganlar yodini esda saqlash, ularga hurmat-ehtirom bajo etish avlodlar uchun ham qarz, ham farzdir. Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasida 9- May Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda akademiya talabalari o’zlarining musiqiy, hamda she’riy chiqishlari bilan barchaga iliq taassurot qoldirishdi.