Tohkent Tibbiyot Akakdemiyasiga Psixologiya institutining katta xodimi dotsent, Chudakova V.P. tashrifi

Ukraina milliy pedagogika fanlari akademiyasi qoshidagi psixologiya institutining katta ilmiy xodimi, sanoat kadrlarini tayyorlash institutining katta o‘qituvchisi, dotsent Chudakova Vera Petrovna Toshkent tibbiyot akademiyasining Pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasiga tashrif buyurdi va Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.K.Shadmanov bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida tomonlar ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy va ta’lim sohalaridagi ustuvor masalalarni muhokama qildilar, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar almashdilar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini belgilab oldilar.
Chudakova Vera Petrovna kafedra xodimlari uchun “Tez o‘zgaruvchan innovatsion sharoitlarda shaxsning raqobatbardoshlik kompetensiyalarini shakllantirishning zamonaviy psixologik texnologiyalari” mavzusida innovatsion trening o‘tkazdi.
2023 yil 1-2- may kunlari kafedra professor-o‘qituvchilari va Chudakova V.P. hamkorligida akademiya talabalari uchun ma’ruza va mahorat darslari o‘tkazildi. Dotsent, psixologiya fanlari doktori R.N. Melibayeva “Shifokor-o‘qituvchi faoliyatida axborot kompetensiyalari”, prof. R.M. Abdullayeva “O‘zbek tilida so‘zlashuvchi guruhlarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish”, dotsent M.T.Axmedova “Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari diagnostikasi”, dotsent Yu.K. Narmetova “Kasb-hunar ta’limida ta’lim jarayonining mohiyati va mazmuni. Aksiologik yondashuvlar”, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (phd) N.A.Asqarova «Pedagogik va didaktik qobiliyatlar», katta o‘qituvchi M.O.Komilova “Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida kasbiy intellektual va deontologik nazariya va amaliyotni rivojlantirish”, katta o’qituvchi F.K. Iskanjanova “Kasbiy muloqot jarayonida oʻqituvchilar va talabalarning oʻzaro munosabati va ularning hamkorligi”, katta o‘qituvchi T.R.Bekmirov “Kasb-hunar ta’limining maqsad va vazifalari”.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.