Tashkilotchilar: o‘qituvchilar S.I.Fayzullayev, M.A.Kaxorova, J.Temirov, katta o‘qituvchi M.A.Saydullayeva
Qatnashdilar: Xurramov Shoxrux 4-TTJ tarbiyachi pedagogi, Abdujabborova Mo’tabar 4-TTJ bino boshlig’i va Xalqaro fakultetning 1 va 2 bosqich talabalari.
Bugun jamiyatimizda talabalarni darsdan tashqari faoliyatini mazmunli tashkillashtirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish maqsadida har doimgdan bir necha barobar koʻp samarali ishlar amalga oshmoqda, tashviqot-targʻibotlar olib borilmoqda. Lotin tili fanini chuqur egallash ularni kelagakdagi kasblari uchun poydevor bo‘la oladigan tillardan ekanligi shubhasizdir.
8.11.2024- yil O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasining professor-o‘qituvchilari hamda akademiyaning Xalqaro fakulteti talabalari ishtirokida “Latın language scholars” mavzusida 4-TTJ o‘quv zalida intellektual o‘yin o‘tkazildi. Dastlab, talabalarga lotin tilining ahamiyati, qadr qimmati haqida tushuncha berildi. Intelektual o‘yin tartib qoidalari tushuntirildi. Talabalarning ishlari o‘qituvchilar tomonidan tekshirilib natijalar e’lon qilindi. Ijobiy natijaga erishgan talabalar maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.