TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI XALQARO FAKULTET O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASINING “LATIN LANGUAGE SCHOLARS” (LOTIN TILI BILIMDONLARI) MAVZUSIDA 4-TTJDA O‘TKAZILGAN INTELLEKTUAL O‘YINI

Tashkilotchilar: o‘qituvchilar S.I.Fayzullayev, M.A.Kaxorova, J.Temirov,  katta  o‘qituvchi M.A.Saydullayeva

Qatnashdilar:  Xurramov Shoxrux 4-TTJ tarbiyachi pedagogi, Abdujabborova Mo’tabar 4-TTJ  bino boshlig’i va Xalqaro fakultetning 1 va 2 bosqich talabalari.

Bugun jamiyatimizda talabalarni darsdan tashqari faoliyatini mazmunli tashkillashtirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish maqsadida har doimgdan bir necha barobar koʻp samarali ishlar amalga oshmoqda, tashviqot-targʻibotlar olib borilmoqda. Lotin tili fanini chuqur egallash ularni kelagakdagi kasblari uchun poydevor bo‘la oladigan tillardan  ekanligi  shubhasizdir.

8.11.2024- yil O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasining  professor-o‘qituvchilari hamda akademiyaning Xalqaro fakulteti  talabalari   ishtirokida  “Latın language scholars” mavzusida 4-TTJ o‘quv zalida intellektual o‘yin o‘tkazildi. Dastlab, talabalarga lotin tilining ahamiyati, qadr qimmati haqida tushuncha berildi. Intelektual o‘yin tartib qoidalari tushuntirildi. Talabalarning ishlari o‘qituvchilar tomonidan tekshirilib natijalar e’lon qilindi. Ijobiy natijaga erishgan talabalar maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.