Hazrati imom majmuasiga tashrif
4.10.2024 sanada Xalqaro fakulteti O’zbek va xorijiy tillar kafedrasining o‘qituvchilari Raximidinova G, Bekchanova X. hamda 1-davolash fakulteti 119A va 105A guruh talabalari Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurishdi
Hazrati imom majmuasi (shuningdek, Hastimom) — Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan va XVI—XX asrlarga oid meʼmoriy yodgorlik. Majmua oʻz ichiga Moʻyi Muborak madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi, Hazrati imom jome masjidi, Tillashayx masjidi va Imom al-Buxoriy Islom institutini qamrab olgan. Ansambl Toshkentning birinchi imom-xatibi, olim, Toshkentdagi ilk islom targʻibotchilaridan biri, shoir va hunarmand Hazrati Imom qabri yonida barpo etilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Hazrati Imom qulf va kalit yasashda ham usta boʻlgan, buning uchun „Qulf sozlovchi“ degan maʼnoni anglatuvchi „Qaffol“ laqabini olgan, shuningdek, u Eski Ahdni (Tavrot) arab tiliga tarjima qilgan. Hazrati Imom 72 ta tilni bilgani rivoyat qilinadi. (shuningdek, Hastimom) — Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan va XVI—XX asrlarga oid meʼmoriy yodgorlik. Majmua oʻz ichiga Moʻyi Muborak madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon madrasasi, Hazrati imom jome masjidi, Tillashayx masjidi va Imom al-Buxoriy Islom institutini qamrab olgan. Ansambl Toshkentning birinchi imom-xatibi, olim, Toshkentdagi ilk islom targʻibotchilaridan biri, shoir va hunarmand Hazrati Imom qabri yonida barpo etilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Hazrati Imom qulf va kalit yasashda ham usta boʻlgan, buning uchun „Qulf sozlovchi“ degan maʼnoni anglatuvchi „Qaffol“ laqabini olgan, shuningdek, u Eski Ahdni (Tavrot) arab tiliga tarjima qilgan. Hazrati Imom 72 ta tilni bilgani rivoyat qilinadi.