Toshkent davlat tibbiyot universitetida Oliy attestatsiya komissiyasining “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomiga muvofiq ravishda ilmiy izlanuvchilar uchun chet tili fanidan malakaviy imtihon jarayonlari boshlandi.
🔺Mazkur imtihonlarda universitetga hujjat taqdim qilgan tadqiqotchilar ingliz va nemis tillari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Imtihon jarayonlari belgilangan tartib-qoidalar asosida, shaffof va adolatli mezonlar asosida tashkil etilgan.
🔍 Imtihon jarayonlari universitet rahbariyati hamda mas’ul komissiya a’zolari nazorati ostida olib borilmoqda.

