Mazkur konferensiya O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, malakali hamshiralarni tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda tibbiy ta’lim sifatini oshirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
🔺Konferensiya doirasida zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, tajriba almashish va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ayniqsa, hamshiralar uchun yapon tilini o‘qitish va Yaponiya tibbiyot muassasalarida ishlashning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
🔺Tadbir universitetning 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi hamda Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi talabalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
🔺Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilmiy muloqotni rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim platforma bo‘ldi.

