«AQSh tibbiyot maktabi tizimi» mavzusidagi seminar haqida

 

2021-yil 16-sentyabr kuni O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan AQShlik o’qituvchi Cheyz Nis Maykl boshchiligida «AQSh ta’lim maktablari tizimi» mavzusida seminar o’tkazildi. Seminarda Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Cheyz Nis AQSh tibbiy ta’lim tizimini tushuntirdi, statistik ma’lumotlar keltirdi, ta’lim bosqichlari, AQShda tibbiy ta’lim davomiyligi va shartnoma narxlari haqida tushunchalar berdi. Bahs-munozarada professor-o’qituvchilar va talabalar katta ishtiyoq bilan qatnashishdi. AQSh ta’lim tizimini O’zbekisiton bilan taqqoslash amalga oshirildi, ko’plab savollar berildi va muayyan buyruq va qonunlarning dolzarbligi va mahalliy sharoitlarga tatbiq etilishi mumkinligi haqida fikrlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, talabalarda AQSh dagi tibbiyot maktabiga faqat universitetnig bakalavr bitiruvchilarining kirishi mumkinligi ayniqsa, katta taassurot qoldirdi, ya’ni, ular institutda kimyoni o’rgangan bo’lishi va bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.


Taqdim etilgan ma’lumotlardan keyin Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari maktab, kollej yoki liseydan so’ng O’zbekistondagi tibbiyot oliy o’quv yurtlariga to’g’ridan-to’g’ri qabul qilish imkoniyatini ancha qadrlay boshlaganliklarini izohlab, o’z hissiyotlarini yaqqol ifoda etdilar. Talabalar ham, o’qituvchilar ham tadbirdan yaxshi taassurotlar oldilar, Amerika madaniyati va ingliz tili targ’ibotchisi, Cheyz Nis Maykl bilan bir qator o’quv va malaka almashish tadbirlarini davom ettirishni xohlashlarini bildirishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.