Axmedova Maloxat Ergashevna “O’zbek va xorijiy tillar”kafedrasi mudiri

Pedagogika  fanlari bo‘yicha fan nomzodi, dotsent, 1971 yilda tug‘ilgan. 1993 yilda Nizomiy nomidagi TDPUning filologiya fakul’teti “Rus maktablarida o’zbek tili, qo’shimcha eski o’zbek yozuvi mutaxassisligini tamomlagan. 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi va ta’lim tarixi” ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2012 yili ”Yilning eng yaxshi o’quv adabiyoti”Respublika tanlovi g’olibi. 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2018 yilda “Respublika xotin-qizlarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihalar” tanlovi g’olibi.  Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakultetining “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi  mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Umumiy nashr ishlari 70 dan ortiq. 3 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya muallifi. 2020-2021 yillarda 8 ta ilmiy mahsulot chop ettirgan, jumladan, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya, 1ta darslik, 5 ta  ilmiy maqola nashr etilgan. Xalqaro ilmiy maqolalar bazasida 5 ta (Scopus) ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek 2020-2021 yillarda 2 ta mahalliy grant ishtirokchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

1988-1993 yy – Nizomiy nomidagi TDPI talabasi

1993-1994 yy – Samarqand viloyati Narpay tumani tuman  № 5 sonli maktab o‘qituvchisi

1994-1996 yy – Toshkent viloyati davlat pedagogika instituti “Sharq tillari” kafedrasi o’qituvchisi

1997-2001yy – Toshkent viloyati,  Angren shahar pedagogika bilim yurti “Rus guruhlarida o’zbek tili” fani o’qituvchisi

2002-2004 yy – Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi, katta o’qituvchisi

2004-2013yy – Nizomiy nomidagi TPDU ning “Umumiy pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dosenti

2013 – 2019yy – TDTUning “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri

2019-2020 yy – XTV huzuridagi Respublika ta’lim markazi “Filologiya”  bo’limi boshlig’i

2019-2020yy– Nizomiy nomidagi TPDU ning “ Pedagogika” kafedrasi mudiri

2020-2021yy – TTA ning “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dosenti

2021.21.09.yy – TTA ning “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.