Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, qadrli talabalar, muhtarama opa-singillar! Avvalo yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bayrami bilan barchangizni muborakbod etaman.Bahor faslining avvalida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang.Shu qutlug‘ ayyom – “8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan butun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ayollar jamoasini, talaba qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman.8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan qadrli ayollarimizga eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Oilamizga quvonch, hayotimizga go‘zallik olib kiruvchi onalarimiz, opa-singillarimiz, baxtimizga doimo sog‘-omon bo‘ling. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni yil bo‘yi tark etmasin., hurmat bilan O’zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi jamoasi va shu kafedra sayti admini Utambetova A.K.