17.05.2022 kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti O’zbekistondagi Britaniya kengashi va Buyuk Britaniyadagi Vestminster universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlash va inklyuziv oliy taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida » Inklyuziv universitet sari – O‘zbekistonda imkoniyatlarni kengaytirish» mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Unda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori Baxrom Mirkasimov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov, Britaniya Kengashi direktori Deniz Voddinghem, Londondagi Vestminster universiteti prorektori Aleks Hughes, O`zbekiston Milliy universiteti, Nogironlar assotsiatsiyasi raisi o’rinbosari Abdulla Abduxalilov, Dilorom Fayzieva, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hamda Toshkentda joylashgan bir qancha universitetlar qatorida akademiya xodimlari – xalqaro bo’lim boshlig’i Murad Jafarov va ingliz tili o’qituvchisi Gulfura Tashmetova ishtirok etdilar. Konferentsiyada respublikamiz oliy ta’lim sistemasida inkluziv ta’limning ahamiyati hamda uni rivojlantirish yo’llari muhokama qilindi.