30.05.2022 yil kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Djampulatova N.M., Tashxodjayeva P.B., Shirinqulova Sh.M.,lar tashkilotchiligida Adiblar xiyobonida “Zulfiyaxonimning jamiyatda tutgan o’rni va roli ” nomli Zulfiyaxonim xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi «O’zbek va Xorijiy tillar» kafedrasi katta o’qituvchisi Tashxodjayeva P.B ochib berdi. Tadbirda xoriji fakultetning 1 –bosqich Hindiston va Pokistonlik iqtidorli talabalari, 1-Davolash fakulteti 111b-guruh hamda tibbiy profilaktika fakultetining 107a-guruh talabalari ishtirok etishdi. Zulfiya ijodidan bir qancha she’riy satrlar keltirib o‘tdilar. So‘ngra talabalar Zulfiyaxonim ijodlaridan bahru-baytlar va bir-biridan chiroyli qo‘shiqlar ijro etishdi.Ushbu tadbirda O’zbekistonlik talabalar bilan Hindistonlik talabalar o’z san’atlaridan bahramand etib ishtirokchilarni mamnun ettilar. Tadbir so‘ngida 1-davolash fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Qo’chqarov B.A tadbir tog’risida o’z fikr- mulohazalarini bildirdi.Bugungi o’tkazilgan tadbir barcha talabalarda juda yaxshi tassurot qoildirdi.