NAVBATDAGI ZULFIYAXONIM TADBIRI O’TKAZILDI…

Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari: ma’naviyat va ma’rifat ishlariga mas’ul O.A.Muhammedova, katta o‘qituvchilar Shirinqulova Sh.M., Xolbayeva D.B, o‘qituvchilar Abrayeva Sh.E., Utambetova A.K, Tashpulatova D. tashkilotchiligida Adiblar xiyobonida “Zulfiyaxonim – sevgi, sadoqat kuychisi” nomli Zulfiyaxonim xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi ma’naviyat va ma’rifat ishlariga mas’ul O.A.Muxammedova ochib berdi, so‘ngra kafedraning katta o‘qituvchisi Shirinqulova Sh.M. so‘zga chiqib Zulfiyaxonim haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Tadbirda Davolash fakulteti 213 a va b guruhning talabalari ishtirok etishdi. Davolash fakultetining talabalari Fayzullayeva Madina va Nabijonov Islomjonlar boshlovchilik qilishdi Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon hayotiga oid sahna ko‘rinishi namoyish etishdi. Ko‘plab talabalar Zulfiya ijodidan bir qancha she’riy satrlar keltirib o‘tdilar. So‘ngra talabalar  Zulfiyaxonim ijodlaridan bahru-baytlar va bir-biridan chiroyli qo‘shiqlar ijro etishdi. Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilari bilan savol-javoblar uyushtirildi hamda shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina o‘yinlari ham o‘tkazildi. Tadbir barchaga iliq taassurot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.