Bugungi kunda yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o`zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog`lom, aqlan yetuk, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to`g`risida g`amxo`rlik qilish ustuvor maqsadimizdir.
16.12.2022 yil O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda akademiya talabalari ishtirokida “Biz yoshlar jinoyat va huquqbuzarlikka qarshimiz” mavzusida axborot soati o‘tkazildi. Kelajak egalari bo‘lmish talabalar bilan shu mavzuda suhbat olib borildi.Unda qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha fikr yurutildi. Mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillaridan biriga ko‘ra, fuqarolar nafaqat o‘z huquq va burchlarini yaxshi bilishi va ularga amal qilishi, balki yon-atrofda sodir bo‘layotgan barcha voqealarga nisbatan xushyor bo‘lishi, o‘zaro hamjihatlikda ish ko‘rishi, zarur holatlarda yordam ko‘rsatishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Qatnashdilar: Kafedra mudiri dots.Axmedova, katta o‘qituvchilar Shirinqulova Sh.M., Xolboyeva D.B., Akramova Z.Sh., Abdullayeva D.S., o‘qituvchilar Abrayeva Sh.E., Utambetova A.K.