Til oyligi munosabati bilan 20.10.2023-yil pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda akademiya talabalari ishtirokida “Til bilimdonlari ” mavzusida 1-son davolash 118 “a” guruh va Biotibbiyot muhandisligi 101 “b” guruh talabalari ishtirokida intellektual o‘yin o‘tkazildi. Dastlab, talabalarga o‘zbek tilining ahamiyati, qadr qimmati haqida tushuncha berildi. Intelektual o‘yin tartib qoidalari tushuntirildi. Talabalarning ishlari o‘qituvchilar tomonidan tekshirilib natijalar e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 5000 ga yaqin til bor. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, hammasi ham millionlab kishilarning muloqot vositasiga aylangan emas. Buning uchun ayni shu tilda yaratilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar nufuzi yuksak bo‘lishi lozim. O‘zbek tili ana shu talablarga to‘la-to‘kis javob bera oladigan boy tillardan ekanligi shubhasizdir.
Qatnashdilar: kafedra mudiri, dots. R.N.Melibayeva, katta o‘qituvchilar M.A.Saydullayeva, P.B.Tashxodjayeva, Sh.M.Shirinqulova, o‘qituvchilar, A.K.Avezova, B.T.Abdullayev, ma’naviy ishlarga mas’ul O.A.Muxammedova