“Yotoqxona-ikkinchi uyimiz”
12.12.2024-yilda O`zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Xaydarova Sh.R va Alibekova L.R 1-talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi va talabalar bilan “Yotoqxona-ikkinchi uyimiz” mavzusida suhbat olib borishdi. U yerda talaba qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
5 – son talabalar turar joyi to‘rt (4) qavatli yotoqxona bo‘lib, talabalarning qulay yashashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Yotoqxona ma’muriyati tomonidan qat’iy qonun-qoidalar o‘rnatilgan va unga ko‘ra talabalar qat’iy tartib-intizomga rioya qilishlari shart. Yotoqxona hududida 24 soatlik xavfsizlik xizmati mavjud. Norezidentlar va shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmagan shaxslar yotoqxonaga kirishlari qat’iyan man etiladi.
Qizlar va o‘gil bolalar alohida qavatlarda istiqomat qilishadi. Talabalar uchun yotoqxonada o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan keng oshxonalar mavjud. Oshxona muzlatgichlar va elektr plitalar bilan jihozlangan, yuvunish xonasi mavjud. Kir yuvish xonalari TTJ talabalari uchun bepul taqdim etilgan.
Talaba qizlar bilan orastalikka rioya qilish, atrof – muhitga bo‘lgan munosabat, masalasi haqida samimiy suhbat qilindi. Inson o‘z faoliyati bilan tanasi va atrof – muhitga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Hayotimiz uchun zarur bo‘lgan oziq – ovqat va shu kabilardan chiqindilar paydo bo‘ladi. Ustozlar xonalarda, oshxona, yuvinish xonalar, yo‘laklarda chiqindilarni saqlamay maxsus joylarga o‘z vaqtida olib borish kerakligi haqida talabalar bilan suhbatlashdilar. Ozodalikka rioya qilish kundalik turmushimizda odatiy holga aylanishi kerakligini uqtirib o‘tishdi.