“MENING TANLOVIM – OBOD VATANIM” TADBIR

“MENING TANLOVIM – OBOD VATANIM” TADBIR

   

24.10.2024-yilda o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari P.B.TAshxodjayeva, G.Sh.Xazratova 5-talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. U yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish bilan birga va Oʻzbekistonda 2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtishi haqida “Mening tanlovim – obod vatanim” mavzusida 5-son talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan davra suhbati o‘tkazishdi.

Markaziy Salov komissiyasi Matbuot markazining maʼlumotiga koʻra 2024-yil 27-oktyabr kuni oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari sayloviga Markaziy Saylov komissiyasining 2024-yil 26-iyuldagi qaroriga asosan start berilgan. Markzaiy Saylov komissiyasining 2024-yil 21-avgustdagi qarorlariga koʻra mamlakatdagi 5 ta siyosiy partiyaga saylovlarda ishtirok etish uchun ruxsat berilgan  yaʼni bular Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidir.

Davra suhbatida ustozlar 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari, unda ovoz berish tartibi hamda qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi va talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Davra suhbati so‘nggida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.