KAFEDRA “XALQARO TALABALAR UCHUN HAFTALIK MA’NAVIYAT SOATI” MA’RUZALAR BAYONNOMASI

1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi  katta o‘qituvchisi Israilova I.X. va Jabborova M.Sh. tomonidan 1-semestr davomida universitetda tahsil olayotgan xalqaro talabalar uchun “Ma’naviyat soati” mashg‘ulotlari muntazam ravishda Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — xalqaro talabalarni universitetning ichki tartib-qoidalari, joriy yangiliklar, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim islohot va o‘zgarishlar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. Ma’ruzalar davomida talabalar uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yoritilib, ularning huquq va majburiyatlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklar hamda jamiyat hayotidagi muhim voqealar haqida batafsil ma’lumot berildi. “Ma’naviyat soati” mashg‘ulotlari barcha talabalar uchun birdek foydali va ahamiyatli bo‘lib, ular mashg‘ulotlarda katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Ayniqsa, savol-javob qismi talabalar faolligi bilan ajralib turdi — talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzular yuzasidan erkin fikr almashdilar.

         

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.