Qatnashdilar: o‘qituvchilar A.K.Utambetova va N.T.Ruzembayeva
va Xorijiy fakulteti talabalari
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchilari 4-dekabr kuni xorijiy guruh talabalari – Hindistonlik talabalar joylashgan yotoqxonaga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘qituvchilar talabalar turar joy sharoitlari bilan tanishib, ularga “Tozalik sog’lik garovi” nomli suxbat o‘tkazildi. Ushbu suhbat davomida ustozlar talabalarga xonalarni qanday ozoda tutish kerakligi haqida ma’lumotlar berdi. Bunga qo‘shimcha qilib, oshxona xolati ham nazorat qilindi va bunda talaba qizlarga kamchiliklar tushuntirildi, tozalikka, gigeyna qoidalariga amal qilishning foydalari, qanchadan qancha kasalliklarni bartaraf qilinishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

