ToshDavTU Xalqaro fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulchexra Sharipovna Xazratova 4-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yotoqxonada mavjud shart-sharoitlar, sanitariya holati o‘rganildi. Xorijlik talaba-qizlar bilan odob-axloq qoidalari, internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanish, sessiya davrida nimalarga etiborli bo‘lishlari kerakligi, yotoqxonada mavjud elektr va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida suhbatlashib olindi va kerakli maslahatlar berildi.

