Amir Temur o’rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.
9-aprel 2026-yil Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kunning 690 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitati Xalqaro fakulteti 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi xodimlari 4-son talabalar turar joyida uchrashuv-tadbir uyushtirishdi. Tadbirda buyuk sarkardaning jahon tarixida tutgan o‘rni, bugungi kun hayotimizda asqotayotgan o‘lmas merosi, xususan, tartib-tadbirlari, fan va adabiyotga, oilaga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab berildi.
Uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

