Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasining 6 oylik faoliyati yakunlari hamda istiqboldagi ustuvor vazifalari muhokama qilinmoqda.

16.06.2026-yil sanasida kafedramiz uchun navbatdagi attestatsiya bo’lib o’tdi. Yig‘ilish davomida kafedra tomonidan amalga oshirilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy yondashuvlarni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.

Ochiq va tanqidiy ruhda o‘tayotgan mazkur muhokamalar universitet faoliyatini yanada takomillashtirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan