Til markazi o’z ishini boshladi! “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida uchinchi haftadirki, Til markazi o’z faoliyatini olb bormoqda. Malakali ustozlar turli darajadagi guruhlarda TTA professor-o’qituvchilari va talabalariga ingliz, rus va lotin tili va tibbiy terminologya bo’yicha dars mashg’ulotlarini o‘tkazmoqdalar. Mashg’ulotlar interaktiv usulda olb borilmoqda. Markaz faoliyatida AQShdan jalb qilingan stajyor- o’qituvchi Cheyz Niz Maykl ham ingliz tilida bilimi yuqori bo’lgan professor- o’qituvchilar uchun Speaking bo’yicha darslarini olb bormoqda. Shuningdek, TTA barcha yotoqxonalarida ham kafedra xodimlari tomonidan talabalar uchun to’garak mashg’ulotlari ingliz, rus va lotin tillarida olib borilmoqda. Til markazi va to’garak faoliyatidan lavhalar:
Til markazi faoliyatida siz ham ishtirok eting aziz TTA professor -o’qituvchilar! MARHAMAT !!!