13.12.2019 yil Tillar kafedrasi o’qituvchisi SH. E. Abrayeva 104- guruh talabalari bilan Lotin tili darsida ochiq dars tashkil etdilar.
Dars jarayonida har bir talaba faol ishtirok etdi. Dars davomida talabalar bilan mavzu yuzasidan turli xil qiziqarli o’yinlar o’tkazildi. Qiziqarli savol-javoblar bo’ldi. Talabalar Lotin tili butun dunyo shifokorlarini bog’lab turadigan yagona til ekanligi, hozirgi kundagi bazi tillarning jumladan : Ingliz tili va boshqa tillarning kelib chiqishida asos bo’lib xizmat qilganligini takidlab o’tishdi.