Til markazi o’z ishini boshladi!

🇺🇿O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi “O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi” professor-o’qituvchilari ham tibbiy ta’lim tizimining rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochilishida o’z hissasini qo’shishni rejalashtirdi.
❇️ TTA talabalarini zamon talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh, tibbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan bo’lg’usi shifokor kadrlarni tayyorlashda 2021 yil 18 oktyabrdan ingliz, rus, lotin tili va tibbiy terminologiya fanlarini puxta o’rgatish maqsadida TTJ binolarida to’garaklar tashkil etildi.
✅Talabalar bo’sh vaqtini unumli tashkil etish, xalqaro tajribalardan maqsadli foydalanish hamda uchinchi Renessans davrida tibbiy ta’limni takomillashtirish uchun “Fan to’garaklari” o’z faoliyatini boshladi. M

azkur to’garaklarda bakalavr va magistrlarga hafta davomida malakali pedagoglar tomonidan ingliz, rus hamda lotin tili va tibbiy terminologiya fanlaridan mashg’ulotlar olib boriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.